Skillora hisobini oʻchirish
Ilova: Skillora — usta va ish
Skillora hisobingizni va unga bogʻliq barcha maʼlumotlarni istalgan vaqtda oʻzingiz oʻchirishingiz mumkin. Buning uchun bizdan ruxsat soʻrash shart emas.
Qanday oʻchiriladi
- 1
Telefon ilovasida
Skillora ilovasini oching → Kabinet → Hisobni oʻchirish. Parolingizni yozasiz va tasdiqlaysiz.
- 2
Saytda
skillora.uz saytiga kiring → Kabinet → Hisobni oʻchirish.
- 3
Hisobingizga kira olmasangiz
Roʻyxatdan oʻtgan emailingizdan yoki Telegram orqali bizga yozing — hisobni biz oʻchiramiz. @skillora
Nima oʻchadi
- Ismingiz, telefon raqamingiz, emailingiz va profil rasmingiz
- Barcha eʼlonlaringiz va ular yigʻgan koʻrishlar
- Barcha soʻrovlaringiz
- Siz yozgan va sizga yozilgan sharhlar
- Barcha yozishmalaringiz — suhbatdoshingizda ham qolmaydi
- Bildirishnoma uchun saqlangan telefon belgisi
Nima qoladi
Faqat bitta xizmat yozuvi: qaysi email hisobi qachon oʻchirilgani. Boshqa hech narsa. Zaxira nusxalardan 30 kun ichida yoʻqoladi.
Qancha vaqt oladi
Tugmani bosgan zahoti oʻchadi — kutish yoʻq. Zaxira nusxalarda 30 kundan koʻp saqlanmaydi.
Maxfiylik boʻyicha savollaringiz boʻlsa, biz bilan bogʻlaning. Aloqa