Maxfiylik siyosati

Soʻnggi yangilanish: 2026-yil oktabr

Ushbu siyosat skillora.uz sayti va Skillora mobil ilovasi (uz.skillora.app) sizning maʼlumotlaringizni qanday yigʻishi va ishlatishini tushuntiradi. Sayt ham, ilova ham bitta hisob va bitta bazadan foydalanadi.

1

Qanday maʼlumot yigʻamiz

Roʻyxatdan oʻtishda: ismingiz, telefon raqamingiz va email manzilingiz. Keyin oʻzingiz qoʻshasiz: tuman, Telegram nomi va profil rasmi — oxirgi ikkitasi ixtiyoriy. Bundan tashqari siz yozgan eʼlon va soʻrovlar matni hamda boshqa foydalanuvchilar bilan yozishmalaringiz saqlanadi.

2

Mobil ilova

Ilova telefoningizda faqat kirish kalitini saqlaydi — u qurilmaning xavfsiz xotirasida turadi. Bildirishnomalarga rozilik bersangiz, Google Firebase bergan qurilma belgisi ham saqlanadi; rad etsangiz hech narsa saqlanmaydi. Ilova joylashuvingizni oʻqimaydi — tumanni roʻyxatdan oʻzingiz tanlaysiz. Rasm faqat siz galereyadan tanlaganingizda yuklanadi.

3

Joylashuv va jonli xarita

Usta chaqiruvga «Yoʻlga chiqdim» tugmasini bosgandan keyin uning telefoni joylashuvini — ilova fonda yoki ekran oʻchiq boʻlsa ham — faqat shu chaqiruv egasiga xaritada koʻrsatish uchun yuboradi. Ulashish usta «Yetib keldim» tugmasini bosganda, chaqiruv bekor qilinganda yoki tugaganda oʻzi toʻxtaydi; shu payt telefonda «Mijozga yoʻldasiz» bildirishnomasi turadi. Usta ruxsat bermasa ham chaqiruv ishlayveradi — mijoz faqat taxminiy vaqtni koʻradi. Buyurtmachi xohlasa, chaqiruvga oʻz uyining joylashuvini qoʻshadi; uni faqat tanlangan usta koʻradi. Joylashuv uchinchi tomonlarga berilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi.

4

Maʼlumotdan qanday foydalanamiz

Maʼlumotlar platformani ishlatish, ustalar va ish beruvchilarni bogʻlash va xavfsizlikni taʼminlash uchun ishlatiladi. Eʼlon nechta marta koʻrilgani va raqamingiz nechta marta olingani sanaladi — lekin kim koʻrgani yozilmaydi.

5

Cookie va qurilmadagi saqlash

Saytda sizni tizimda ushlab turish va til tanlovingizni eslab qolish uchun zarur cookie-fayllardan foydalanamiz. Ilovada cookie yoʻq: kirish kaliti va til tanlovi telefonning oʻzida saqlanadi. Reklama yoki kuzatuv cookie-fayllari ishlatilmaydi.

6

Maʼlumot almashish

Eʼlonda siz koʻrsatgan aloqa maʼlumotlari boshqa foydalanuvchilarga koʻrinadi — buni siz oʻzingiz tanlaysiz. Platformani ishlatish uchun texnik xizmatlardan foydalanamiz: Vercel (sayt), Neon (baza), Vercel Blob (rasmlar), Resend (email), Google Firebase (bildirishnoma). Ular maʼlumotni faqat biz uchun qayta ishlaydi. Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz.

7

Maʼlumot qancha saqlanadi

Hisobingiz turgan vaqtgacha. Hisobni oʻchirsangiz, hammasi darhol oʻchadi va zaxira nusxalarda 30 kundan koʻp qolmaydi.

8

Sizning huquqlaringiz

Maʼlumotlaringizni istalgan vaqtda kabinetingiz orqali tahrirlashingiz mumkin. Hisobingizni butunlay oʻchirish ham oʻz qoʻlingizda — saytda ham, ilovada ham, hech kimdan ruxsat soʻramasdan.

9

Bogʻlanish

Maxfiylik boʻyicha savollaringiz boʻlsa, biz bilan bogʻlaning. Aloqa